Nodirbek Abdusattorov — London Chess Classic musobaqasi chempioni!
2025-12-05 12:00:00 / Yangiliklar
Yurtimiz faxri Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida ketma-ket 6 ta partiyada g‘alaba qozondi.

Yurtimiz faxri Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida ketma-ket 6 ta partiyada g‘alaba qozondi. Eng yaqin raqiblaridan 2 ochko oldinda borib, turnir davomida yorqin va ishonchli o‘yin namoyish etdi.
So‘nggi turda Alireza Firouzjaga qarshi durang qayd etilishi esa musobaqa yakuniga bir tur qolganda uni muddatidan avval chempionga aylantirdi.
Barakalla, Nodirbek! O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va iste’dodi yana bir bor dunyoga namoyon bo‘ldi.
