“Yetakchi Camp”ning 2-avlod ishtirokchilari Yoshlar oromgohida!
2025-11-24 15:45:00 / Yangiliklar

Mahallalardagi eng faol 100 nafar yoshlar yetakchilari Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilayotgan “Yetakchi Camp” o‘quv-seminarida birlashdi.
Oromgohning asosiy maqsadi — yoshlar yetakchilarining kasbiy va shaxsiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy boshqaruv, kommunikatsiya, media va innovatsion fikrlash ko‘nikmalari bilan qurollantirishdir.
Besh kun davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, HR menejment, soft skills, loyihalarni boshqarish, nutq madaniyati, moliyaviy savodxonlik, startap va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda treninglarda ishtirok etishdi.
Seminar yakunida poytaxtga qaytgan ishtirokchilar bilan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahallalarda yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikrlar almashildi.






