“Rivojlan” — xotin-qizlar uchun 8 haftalik ta’lim dasturi boshlandi
2025-11-17 18:30:00 / Yangiliklar

“Qizlar ovozi” klubi a’zolari va volontyorlari uchun tashkil etilgan “Rivojlan” dasturida respublika bo‘ylab saralangan 200 nafar talaba-qizlar ishtirok etmoqda.
Dastur HR va liderlik, media va grafika, LinkedIn va CV tayyorlash, loyiha yaratish va grant yozish, SMM va marketing, notiqlik, imidj hamda psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy darslarni o‘z ichiga oladi.
Dastur doirasida 2-dars — “Gender stereotiplardagi yolg‘onlar: faktchekking orqali real tahlil” mavzusi o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar genderga oid noto‘g‘ri tasavvurlarni tahlil qilish, ma’lumotni tekshirish, stereotiplarning ildizini aniqlash va faktlarga asoslangan xulosalar chiqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
“Qizlar ovozi” klubi tomonidan “Rivojlan” dasturining 2-mavsumi onlayn va offlayn tarda tashkil etish reja qilingan.








