O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar hamkorligi yangi bosqichda
2025-11-15 15:00:00 / Yangiliklar

Bugungi yuqori darajadagi muzokaralar doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan muhim qarorlar qabul qilindi.
Shu jarayonning mantiqiy davomi sifatida, Qozog‘istonning “Assambleya jastari” jamoat birlashmasi bilan yoshlar siyosati bo‘yicha hamkorlik Memorandumi loyihasi ham tayyorlandi.
Memorandum ikki mamlakat yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish, shuningdek kreativ iqtisodiyot, startaplar, sun’iy intellekt, tadbirkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng imkoniyat yaratadi.
Eng asosiysi — bu tashabbus O‘zbekiston-Qozog‘iston yoshlarining do‘stlik va hamkorligini yanada mustahkamlaydi.



