II O‘zbekiston-Ozarbayjon Yoshlar forumi
2025-11-11 20:00:00 / Yangiliklar

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston-Ozarbayjon Yoshlar forumida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Tadbirda Ozarbayjon Yoshlar va sport vaziri, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Elchisi va boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
Forumda yoshlar siyosati, qo‘shma loyihalar va strategik hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida “Urbanizatsiya va yoshlar” hamda “Sun’iy intellekt va innovatsiya” mavzularida interaktiv panel muhokamalari o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi 7-10-noyabr kunlari Baku, Fuzuli, Shusha va Xonkandi shaharlarida bo‘lib, turli tadbirlarda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, I O‘zbekiston-Ozarbayjon Yoshlar Forumi esa shu yilning sentyabr oyida Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida o‘tkazilgan edi.
Ushbu tadbirlar ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga zamin yaratmoqda.
Ma’lumot uchun: Bu yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligi nishonlanmoqda.









