Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda
2025-10-10 15:00:00 / Yangiliklar

Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda
O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan "Milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, 110/35/10 kVli "Yangi qo‘rg‘on" nimstansiyasida o‘rnatilgan quvvati 25 000 kVA kuch transformatorining yuklama ostida rostlash qurilmasi avtomaik holatdan qo‘lda boshqaruvga o‘tkazilgan. Shuningdek, masofadan boshqarish kaliti mavjud emas hamda avtomatik chastotani yuksizlantirish qurilmasi 35 kVli "L-Malikcho‘l" havo tarmog‘ida kiritilmagan.
Yuklama ostida rostlash va avtomatik chastotali yuksizlantirish qurilmalarini doimiy ishchi holatda bo‘lishini taminlashi uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.
