1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh faxriy energetiklarimiz e’tirof etildi
2025-09-30 09:55:00 / Yangiliklar

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh faxriy energetiklarimiz e’tirof etildi
O‘zenergoinspeksiyada o‘z kasbining fidoyilari va mutaxassislari bo‘lgan ustozlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bugun yoqilg‘i-energetika sohasida ko‘plab kadrlarni yetishtirib chiqishda ulug‘ dargohlardan biri Toshkent Davlat Texnika Universiteti professor-o‘qituvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar va faxriy energetiklarimiz e’tirof etildi.
Bu kabi bayram tadbirlari Buxoro va Namangan viloyatlarida ham tashkil etildi. Unda Inspeksiyada uzoq yillar mobaynida samarali mehnat faoliyatini yuritgan, ko‘plab yoshlarga o‘z bilim va tajribalarini ulashib kelgan faxriy ustozlar bilan uchrashib, bayram sovg‘alari ulashildi.
