Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir
2025-09-16 09:55:00 / Yangiliklar
O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.