Joriy yida 1 394 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
2025-07-17 20:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning shu vaqtiga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 394 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Unga ko‘ra 118,8 mln metr kub tabiiy gaz (294,8 mlrd so‘m) va 197,1 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (327,5 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 622,4 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Misol uchun, 2023-2025 yillarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari natijasida jami 182 ta holatda 457,8 mln metr kub, ya’ni qiymati 755,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Ma’lumot uchun: 457,8 mln metr kub miqdordagi tabiiy gaz 91 ming 419 ta xonadonning iste’moliga tengdir.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
