AGTKShlarda metan gaz narxini asossiz oshirishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda
2025-06-18 12:15:00 / Yangiliklar

AGTKShlarda metan gaz narxini asossiz oshirishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyati boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida metan gaz narxini asossiz oshirilishi oldini olish hamda texnologik jarayonlarga rioya qilish bo‘yicha monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida AGTKShlar tomonidan metan gaz narxini asossiz oshirish holatlari va shoxobchalarga gaz quyishda navbatlar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Monitoring va nazorat tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850 qonuni bo‘yicha shoxobchalar mas’ullariga tushuntirish ishlari olib borildi.
