Hududlarda yoqilg’i-energetika resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-04-25 09:00:00 / Yangiliklar

"O‘zenergoinspeksiya" boshlig‘i I.Nimatullayev boshchiligida tashkil etilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 205-son qarori talablaridan kelib chiqib, yoqilg’i-energetika resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Unda “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari hamda "Energosavdo" MCHJning hududiy va tuman bo‘limlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hududlarda yoqilg’i-energetika resurslarining yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha tuman (shahar) ishchi guruhlari va bu boradagi ishlarni mahallabay tashkil etish ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga yoqilg’i-energetika resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish choralarini ko‘rish, jumladan, hududlarning tasdiqlangan balansi ijrosi ahvolini o‘rganish, ularga yetkazib berilgan va taqsimlangan resurslar o‘rtasidagi tafovutlarni tizimli tahlil qilib borish hamda tafovuti yuqori bo‘lgan mahallalar yuzasidan takliflar kiritib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida aksiyadorlik jamiyatlari va hududlardagi mas’ullarning hisobotlari va takliflari eshitildi.
