Andijon viloyatidagi gaz tarqatish stansiyasida belgilangan talablarga rioya qilinishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2025-04-15 12:20:00 / Yangiliklar

Seminarda yetkazib beruvchi hamda sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilinganda, ularni sertifikatlashtirishdan o‘tkazilmagan hamda belgilangan tartibda tamg‘alanmagan nazorat o‘lchov asboblari va yoqilg‘i tarqatish uskunalari orqali iste’molchilarga yetkazib berilganda jarimaga tortilishi holatlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va energiya resurslari sarfi yuqori bo‘lgan iste’molchilar bilan energiya samaradorligini ta’minlash yuzasidan manzilli ishlash haqida ko‘rsatmalar berildi.
