Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holatlari fosh etildi
2025-02-24 09:50:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahri “A.Navoiy” MFYda joylashgan “V.” tashkiloti binosida gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 247,7 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Bu kabi holat Jizzax shahridagi “Olmazor” MFY binosida ham kuzatilib, gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 198,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
