Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini raqamlashtirish va korrupsiya holatlarini oldini olish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-05 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligida suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan dastlabki takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Unda Bosh prokuratura, Energetika, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitalari, Oʻzenergoinspeksiya, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ mutasaddilari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda suyultirilgan gazni ishlab chiqarish jarayonidan aholiga yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonni raqamlashtirish va korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’minot korxonalari tomonidan suyultirilgan gaz taʼminotida raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va ularni ishlab chiqarish korxonalarining elektron tizimlari bilan integratsiya qilish hamda fuqarolarga yengillik yaratishga qaratilgan amaliy ishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh tarkibiga manfaatdor boshqa vazirlik va idora vakillarini jalb etib, sohani yanada raqamlashtirish hamda xorijiy tajribani o‘rgangan holda berilgan takliflarni qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
