Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigadaga nisbatan chora ko‘rildi
2025-02-01 16:20:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.

Xususan, Yangiariq tumanidagi 10 kV havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlar bajarmasdan, ya’ni havo liniyasining har ikkala tomonida ko‘chma yerga ulagichlar o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan ishlar bajarilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi nazoratga olindi.
Ma’lumot o‘rnida: Energetika obyektlarida qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
