Gazdan foydalanish uskunasini ko‘rikdan o‘tkazish va tabiiy gaz uzatishga ruxsatnoma berish tartibi
2025-01-16 11:00:00 / Yangiliklar

Iste’molchining obyektini ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotiga loyiha va ijro-texnik hujjatlari bilan birgalikda quyidagi ruxsatnomalar taqdim etilishi kerak:
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ITSIni o‘tkazish uchun berilgan ruxsatnoma;
"O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmalarining iste’molchi (bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan) obyektida qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida xulosasi.
🚫 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining tegishli ruxsatnomasisiz hamda "O‘zenergoinspeksiya"ning xulosasisiz tabiiy gazdan foydalanish uskunalariga tabiiy gazni yetkazib berish taqiqlanadi.
Yuridik shaxslarga tegishli tashkilot yoki ishlab chiqarish obyektlari sotilganda yoki ijaraga berilganda, ushbu tashkilotdagi tabiiy gazdan foydalanish uskunalari o‘zgarmaganda, mazkur tashkilotga ilgari berilgan ruxsatnoma va xulosalarning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
