Quyidagi holatlar iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish (noqonuniy foydalanish) holatlari deb hisoblanadi:
2025-01-14 11:00:00 / Yangiliklar

Agar iste’molchi energiya ta’minoti korxonasi xodimi bilan til biriktirib, ulanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarmasdan, shartnomasiz va hisoblagichi HETKning tegishli dasturiy ta’minoti bazalariga kiritilmasdan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan foydalangan taqdirda o‘zboshimchalik bilan foydalanishga tenglashtiriladi;
hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatish;
hisoblagich va o‘lchov transformatorlarining plombalarini o‘zboshimchalik bilan buzish;
I tarif guruhi iste’molchilarida o‘rnatilgan hisoblagichda sutkaning vaqt zonasini o‘zboshimchalik bilan tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali o‘zgartirish;
o‘zboshimchalik bilan hisoblagich yoki o‘lchov transformatorlarini almashtirish;
hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish;
hisoblagich xotirasidagi ko‘rsatkichlarni yo‘q qilish maqsadida hisoblagichni qasddan yo‘q qilish (yoqib yuborish, sindirib maydalash va shu kabilar).
Iste’molchining aybisiz hisoblagichga yuqori kuchlanish/tok kelishi natijasida erib ketishi yoki boshqa tabiiy sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelishi bundan mustasno;
hisoblagichdan tashqari ulanish;
hisobga olinadigan elektr energiyasi miqdorini kamaytirish maqsadida o‘lchov transformatorlariga biriktirilgan pasport ma’lumotlarini qasddan o‘zgartirib qo‘yish;
yuridik shaxs iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilar bundan mustasno) elektr energiyasini yo‘q qilish maqsadida elektr hisoblagichni EHNAT tizimidan qasddan uzib (texnik uzilishlar bundan mustasno), haqiqiy ko‘rsatgich bo‘yicha hisobot bermasdan elektr hisoblagich ko‘rsatkichini yashirish (bunda yashirilgan elektr energiyasi miqdori ikki oylik iste’molidan kam bo‘lmaganda).
Agar iste’molchilarning hisoblagichlari, o‘lchov transformatorlari energetika obyekti korxonasiga tegishli hududda (podstansiya, transformator punkti va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lib, hisoblagich o‘lchov tizimiga tashqi aralashuvlar natijasida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori kamaytirilganligi hisoblagich yoki EHNAT bazasi xotira ma’lumotlari bilan o‘z tasdig‘ini topganda, iste’molchi javobgar hisoblanadi.
Qoidalarning ushbu bandida nazarda tutilgan qoida buzilishlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq tegishli javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
