Tafakkur va topqirlik sinovi: “Zakovat” bellashuvi g‘oliblari aniqlandi
2026-11-06 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zenergoinspeksiya xodimlari o‘rtasida xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va tajribasini sinovdan o‘tkazish hamda jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — soha mutaxassislarining bilim va dunyoqarashini kengaytirish, intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, jamoaviy hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashdan iborat.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilimlari, zukkoligi, topqirligi hamda tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Har bir savol jamoalardan nafaqat keng bilim, balki mantiqiy tahlil, o‘zaro fikr almashish va tezkor qaror qabul qilishni ham talab etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi;
2-o‘rin — Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi.
Ushbu kabi intellektual tadbirlar xodimlarning kasbiy faoliyatdan tashqari bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoalar o‘rtasida do‘stona raqobatni kuchaytirish, o‘zaro hamjihatlik va korporativ madaniyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
