O‘zenergoinspeksiya xotin-qizlari sport musobaqalarida ishtirok etmoqda
2026-09-22 15:55:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari boshlandi.

Mazkur musobaqada O‘zenergoinspeksiya xodimalari ham faol ishtirok etmoqda. Bellashuvlar shaxmat, shashka hamda stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqalar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoalarda sport madaniyatini rivojlantirish hamda hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.