Elektr xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda
2026-10-16 16:30:00 / Yangiliklar
#elektr_xavfsizligi_oyligi

O‘zenergoinspeksiya tomonidan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga elektr tokining xavfi, elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish hamda elektr qurilmalariga yaqinlashish bilan bog‘liq xavflarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlar yosh avlodda elektr xavfsizligi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmang! Xavfsizlik oddiy qoidalarga rioya qilishdan boshlanadi.
