Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘rilgan choralar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2026-10-16 14:10:00 / Yangiliklar

Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o‘zida jamlaganligi haqida maʼlum qilindi.
Davra suhbatida bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
