Yoqilg‘i sifati nazoratda: qoidabuzarlik uchun chora ko‘rildi
2026-10-16 10:30:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “K.P.O.” MChJga qarashli AYOQShdagi neft mahsulotlari laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida yani 16,2 mln. so‘m jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
