Matbuot anjumani: Energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda davlat nazorati
2024-10-02 14:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-anvardagi PF-14-son hamda 13-fevraldagi PQ-54-son qarorlariga muvofiq ma’muriy islohotlar doirasida Energetika vazirligi huzuridagi O‘zenergoinspeksiya hamda O‘zneftgazinspeksiyasi birlashtirilgan holda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qayta tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-son farmoniga asosan Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazildi.
Joriy yilda O‘zenergoinspeksiya tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan lavozimga loyiqlik bo‘yicha o‘tkazilgan atestatsiyada 74 ta xodimning bilim darajasi qoniqarsiz deb topildi. Hududlarda ishlarni yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Surxondaryo hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod etildi hamda Qashqadaryo, Navoiy va Namangan hududiy boshqarma boshliqlari boshqa hududlarga rotatsiya qilindi.
Raqamlashtirish:
“Energonazorat” platformasi ishlab chiqilib test variantida ishga tushirildi.
Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarni elektron ta’rizda rasmiylashtirish bo‘yicha Uzinfasom, tizim tashkilotlari, ichki ishlar hamda prokuratura organlari bilan birgalikda
Ye-dalolatnoma elektr tizimi ishlab chiqildi, hozirda elektron tizimni 1-noyabrdan boshlab amaliyotda qo‘llashni bo‘yicha yakuniy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, elektr qurilmalarni ish faoliyatini masofaviy tahlil qilish maqsadida yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqilmoqda.
O‘zenergoinspeksiyaning ish faoliyatida birinchi marotaba aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi uchun 2023-yilning 1-oktabrdan boshlab “e-mamuriy ish” axborot tizim ishga tushirildi.
Kuz-qishga tayyorgarlik:
Tizim tashkilotlari tomonidan ta’mirdan chiqarilgan 10 768 ta elektr qurilmalari, 30052,8 km uzunlikdagi tarmoqlar ko‘rikdan o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra 10 225 ta qurilmalar, 27 651,0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari komissiya tomonidan qabul qilindi. 543 ta qurilmalar, 2401,8 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarda kamchilik va nosozliklar borligi uchun qabul qilinmagan.
1771 ta gaz taqsimlash punktlari texnik holatlari o‘rganildi, o‘rganish natijasida 3794 ta kamchiliklar aniqlangan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 380 ta yozma ko‘rsatmalar berilib, bajarilishi nazoratga olingan.
Davlat xizmatlarni ko‘rsatish:
Yangidan qurilayotgan 9308 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi, 5645 ta iste’molchining elektr qurilmalar elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Iste’molchilarda kelib tushgan murojaatlar qonuniy ko‘rib chiqilishi natijasida 388 ta litsenziyalar berilshi ta’minlandi.
Tekshirish va o‘rganishlar:
Energetika tizimi korxonalari va tadbirkorlik sube’ktlarida 350 ta tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan. Mazkur tekshiruvlarda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 14 ta birgadalar ishi to‘htatildi, 54 ta ma’sul xodimlarga intizomiy jazolar qo‘lanilgan. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar berilib, 109 ta mansabdor shahslarga nisbatan ma’muriy bayonomalar rasmilashtirildi.
Neft mahsulotlarini sifati bo‘yicha:
Tekshiruvlar, murojaatlar va shartnomalar asosida 1868 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari va korxonalardan 6130 ta tahlillar olinib, shundan
113 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari va korxonalardan 133 ta holatlarda 4,0 mln litr neft mahsulotlari sifatsizligi aniqlangan.
Energiya samaradorligi bo‘yicha:
Respublika hududlarida joylashgan yirik iste’molchilarda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra 1819 ta yirik iste’molchi korxonalarda yillik iste’molidan qo‘shimcha 20-26 foizgacha energiyani iqtisod qilish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.
Muhofaza zonalari:
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga noqonuniy ravishda qurilgan obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, 1 323 ta obe’ktlarning hujjatlari sud orglariga taqdim etilgan. 422 ta obyektlar tegishli choralar ko‘rildi.
Nazorat tadbirlari:
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5 881 ta iste’molchi tomonidan
858,8 mlrd.so‘mlik energiya resurslarida noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Shundan,
Elektr energiyasi bo‘yicha – 4 166 ta 464,5 mlrd so‘m (415,9 mln.kVt.s)
Tabiiy gaz bo‘yicha – 1 715 ta 394,3 mlrd so‘m (227,7 mln.m3)
Korxona va tashkilotlarning 5 577 ta (5289 ta tadbirkorlik subyektlar, 237 ta davlat tashkilotlari, 51 ta tizim tashkilotlar)ning mansabdor shaxslariga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, “e-mamuriy ish” axborot tizim orqali sud organlariga yuborildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar:
Vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 52 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda 39 ta texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar loyihasi ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar taqdim etildi.
Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-940-son Qonuni qabul qilindi.
Iste’molchilar tomonidan energetika sohasida qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslikni va energiya resurslardan nooqilona, samarasiz hamda noqonuniy foydalanishlarni oldini olish bo‘yicha 45 469 ta profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
