Jizzax viloyatida sayyor qabul oʻtkazildi
2026-09-29 14:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
#sayyor_qabul

Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i A. Isoqjonov ishtirokida Qviloyatdagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Unda aholi, tadbirkorlar, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar batafsil o‘rganildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi taʼminlanadi.
Har bir murojaat individual tarzda ko‘rib chiqilib, qonuniy yechim topishi uchun mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
