Joriy yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
2026-10-02 14:40:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Unda Inspeksiya tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tilib, tahlil qilindi.
Yig‘ilish avvalida, hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar natijadorligi hamda tadbirkorlik subyektlaridan kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlari tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqmagan hududiy boshqarma mas’ullari ogohlantirishlar berildi.

So‘ngra, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, iste’molchilar orasida resurslarni iqtisod qilish borasidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va energiya audit ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, energetika obyektlarida ekspluatatsiya ishlari hamda ushbu obyektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan iste’molchilarga sifatli neft mahsulotlari yetkazib berish doirasida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy boshqarmalar mas’ullarining tegishli hisobotlari eshitildi hamda kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
