Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritgan shoxobchaga nisbatan chora ko’rildi
2026-09-11 15:15:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “R. G. O.” MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu AYOQShga nisbatan realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida – 28,7 million so'm jarima qo‘llanildi.
