Ta‘mirlash ishlarida xafsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmagan brigadaga nisbatan chora ko‘rildi
2026-09-11 10:50:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Xorazm viloyatidagi energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Urganch shahri "Sholikor" MFYda yangidan qurilayotgan 10 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlarini olib borayotgan brigada xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
Unutmang! Energetika obyektlarida yuzaga kelayotgan baxtsiz hodisalarning asosiy sababi – xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etishdir.
