O‘zenergoinspeksiya va KOICA o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-26 11:00:00 / Yangiliklar
#Xalqaro_hamkorlik

KOICA O‘zbekiston ofisi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, Inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish, energiya auditi hamda elektr energiyasi tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, KOICA tomonidan Inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etish, koreyalik ekspertlarni jalb qilish hamda tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi Koreya tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
