Sifatsiz neft mahsuloti realizatsiyasiga chek qo‘yildi
2026-08-21 16:40:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U. P.” MChJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida (yani 10 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan neft mahsulotini sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
