Inspeksiya tekshiruvchi emas, tadbirkorga ko‘makchi hamdir
2026-08-21 11:30:00 / Yangiliklar
#Har_bir_murojaat_nazoratda

O‘zenergoinspeksiyaga iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan har bir murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, masalalarni joyida va ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati Mingbuloq tumani “Mehnatobod” MFYda faoliyat yurituvchi “Gulchexra beton nonlari” xususiy korxonasi rahbari Ergashev Ravshanbekning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan texnik nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektining elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanishi yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi amaliy ishlar davlat nazoratining zamonaviy yondashuvi — muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, uning yechimini topishda tadbirkorga yaqindan ko‘maklashish tamoyilining amaldagi ifodasidir.
Zero, Inspeksiyaning vazifasi nafaqat nazorat qilish, balki muammoni bartaraf etishda tadbirkor va iste’molchiga ko‘makchi bo‘lishdir.
