Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona fosh etildi
2026-07-30 15:50:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M. A. ga qarashli novvoyxona tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 398 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
