Sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
2026-07-30 12:15:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Buxoro viloyatidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “G. B. O.” MChJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida (yani 9,5 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan neft mahsulotini sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
