Jizzax viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
2026-07-10 10:30:00 / Yangiliklar

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Q.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 954 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu tumanda “X.M.Ch” fermer xo‘jaligiga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 456 mln soʻmni tashkil qildi.
Hurmatli fermer xo‘jaliklari va dehqonlar!
Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
