Suv nasoslari orqali 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
2026-07-09 17:00:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1 milliard 841 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Koson tumanda fuqaro M.Sh.ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2 milliard 428 mln soʻmni tashkil qildi.
