Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq
2026-06-23 11:30:00 / Yangiliklar
#Ogohlik_davr_talabi

O‘zenergoinspeksiyaning Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyat hududiy boshqarmalarida prokuratura organlari hamkorligida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
Seminarlar davomida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.



