Yoqilg‘i quyish shoxobchalari xavfsizligi — dolzarb masala
2026-06-19 11:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida mavjud barcha turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan keng qamrovli seminar o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, O‘zenergoinspeksiya va huquqni muhofaza qiluvchi hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda viloyat hududida 757 ta yoqilg‘i saqlash va realizatsiya qilish obyekti faoliyat yuritmoqda. Biroq, xavfsizlik talablariga beparvolik bilan qarash, belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmaslik oqibatida turli ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqmoqda.
Mutaxassislar tomonidan sohada uchrayotgan muammolar tanqidiy tahlil qilinib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlari va mas’ullariga texnika, mehnat va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.



