Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
2026-06-18 18:00:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro A. B. ga qarashli korxona elektr hisoblagichining ulanish sxemasi o’zboshimchalik bilan o’zgartirganligi aniqlandi.
Shuningdek, Farg‘ona tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida obodonlashtirish boshqarmasining elektr qurilmalarida ham bu kabi qoidabuzarlik holati qayd etildi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga jami 512,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
