Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq
2026-06-18 11:20:00 / Yangiliklar

#Ogohlik_davr_talabi
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq
Jizzax shahrida viloyat prokuraturasi hamkorligida O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida Korrupsiyani oldini olish qaratilgan seminar bo‘lib otdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o‘zida jamlaganligi haqida maʼlum qilindi.
Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
