Sayyor qabul: Tadbirkorlarning muammolari o’z yechimini topmoqda
2026-06-01 16:50:00 / Yangiliklar

O‘zenergoinspeksiya ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan muammolarini hal etishga qaratildi.
Muloqot davomida Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Olmos To‘ra” va "Kometa Savdo" MChJlarning tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha qilgan murojaati joyida o‘rganilib, o‘rnatilgan texnologiya va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi asosida tarmoqqa ulanishi ta’minlandi.
Shuningdek, faoliyat yuritib kelayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalari mas’ullariga keltirilgan neft mahsulotlaridan na’muna olish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur sayyor qabulda yuqoridagi kabi 17 ta murojaatchining muammolari ishchi guruh tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. E’tirozli holatlar bo‘yicha masalaga daxldor tashkilot va korxonalar mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar hamda murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
