Korrupsiya – hayotimizdagi yashirin xavf
2026-05-26 10:40:00 / Yangiliklar
#Ogohlik_davr_talabi

O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmalari hamda prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.
Mazkur seminarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
