Toshkent shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi
2026-05-26 09:30:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro O. Sh. ga qarashli noturar binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 295 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
