Sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
2026-05-25 16:35:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “D.K.”MChJga qarashli AYOQShda dizel yoqilg‘isidan laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan 8 920 litr dizel yoqilg‘isining 50 foizi miqdorida (51,6 million so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
