Energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi
2026-05-25 10:20:00 / Yangiliklar

Energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi
Oʻzenergoinspeksiya o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi “2026-yil yanvar-aprel oylarida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash natijalari hamda 2026-yil may oyi uchun belgilangan topshiriqlarning ijro etilishi to‘g‘risida”gi 49-son rayosati majlisini bayonida berilgan topshiriqlarni ijrosi tahlil qilindi.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoniga asosan “Temir intizom”ni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
So‘ngra, joriy yilning ikkinchi choragida belgilangan ko‘rsatkichlarni ijrosini tashkil qilish, xususan, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, resurslarni talon-toroj qilinishini oldini olish hamda iste’molchilar orasida profilaktik tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, energetika obyektlarida ekspluatatsiya ishlari hamda ushbu obyektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan iste’molchilarga sifatli neft mahsulotlari yetkazib berish doirasida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida Inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



