Ta‘mirlash ishlarida xafsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmagan brigada ish joyidan chetlashtirildi
2026-05-23 14:05:00 / Yangiliklar
#nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Samarqand viloyatidagi energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Samarqand tumanida 1383-sonli tranformator punktida tamirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
Unutmang! Energetika obyektlarida yuzaga kelayotgan baxtsiz hodisalarning asosiy sababi – xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etishdir.
