Ishchi guruhi tomonidan energetika obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda
2026-05-23 12:30:00 / Yangiliklar

Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i D.Isaqulov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida energiya resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish hamda resurslarni talon-toroj qilinishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan, Toshkent tumani "Tutzor" MFYda joylashgan gaz taqsimlash punktlarida olib borilgan modernizatsiya ishlari hamda qurilmalar yo‘qotishlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, yoqilg‘i energetika korxonalar mas’ullariga energiya resurslarini yo‘qotishni kamaytirish hamda resurslarni talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar davom etmoqda.


