Marg‘ilon shahrida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi
2026-05-01 10:00:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida "B.B.B." MChJga qarashli binoning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
1️⃣ Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 839 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
