Yangi Namangan tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan oshxona aniqlandi
2026-04-30 14:00:00 / Yangiliklar
#Tezkor_tadbir

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Yangi Namangan tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida “I.Q.M.S.” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish oshxonada loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz so‘rg‘ich qurilmalar orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 387,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
