O‘zenergoinspeksiya mutaxassislarining energetika sohasida malakasi oshirildi
2026-04-24 15:00:00 / Yangiliklar
"Jahon banki" grant mablag‘lari asosida tashkil etilgan 7 ta o‘quv kursining birinchi kursi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti bazasida tashkil etildi.

Seminar doirasida elektr energetika infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va monitoring, releli himoya va avariyaviy rejimlarni tahlil qilish, shuningdek, energetikada zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. O‘zenergoinspeksiya xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash va elektr energetikasida davlat nazorati tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
