Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi
2026-04-15 14:05:00 / Yangiliklar
Tezkor tadbir

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M. U. ga qarashli binoda shartnomasiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 380 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
