Tekshiruvlar qonuniyligi – asosiy maqsad: O‘zenergoinspeksiya xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
2026-04-15 14:50:00 / Yangiliklar

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tashkil etilgan seminarda tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv o‘tkazish tartibi, tadbirkor va tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlariga doir ko‘nikmalarini oshirishda O‘zenergoinspeksiyaga berilgan vakolatlarni amalda qo‘llash mexanizmlari muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilarga tekshirish jarayonlarini qonuniy tartibda olib borish, tadbirkorlarning huquqlariga qat’iy rioya qilish, tekshirish o‘tkazishda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibi, shuningdek, monitoring va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, profilaktik chora-tadbirlarni samarali o‘tkazish kabi muhim mavzular yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminarida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
